XORIJ UNIVERSITETLARI BILAN ALOQALAR VA MA’RUZA DARSLARINI TASHKIL ETISH

XORIJ UNIVERSITETLARI BILAN ALOQALAR VA MA’RUZA DARSLARINI TASHKIL ETISH

    Polshaning Krakovo iqtisodiyot universiteti bilan tuzilgan o‘zaro memorandum asosida institutning Bank ishi kafedrasi mudiri i.f.d., prof. Akrom Omonov joriy yil aprel oyining birinchi yarmida Erasmus+KA107 doirasida universitetda o‘tkazilgan “Xalqaro haftalik”da qatnashib qaytdi.

 

    “Xalqaro haftalik”da o‘ndan ortiq mamlakatning iqtisodiyot yo‘nalishidagi universitetidan yigirmaga yaqin professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Xususan, Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti, Janubiy koreyaning SolBredj xalqaro biznes maktabi, Gong Kong Lingan universiteti, Kiyev milliy universiteti, Albaniyaning “Aleksander Xhuvani” unversiteti, Qozog‘iston davlat universiteti, Serbiya va Xorvatiya mamlakatlari iqtisodiyot universitetlarining professor-o‘qituvchilari shular jumlasidandir.

 

    “Xalqaro haftalik” davomida A.Omonov tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy hayoti hamda Toshkent moliya instituti haqida taqdimnoma o‘tkazdi, shuningdek Krakova iqtisodiyot universiteti bakalavr va Erasmus xalqaro talabalariga “O‘zbekiston bank tizimi va monetar siyosatini tatbiq etilishi” mavzusida 8 soatlik ma’ruza darslarini o‘tdi.

 

    Shu bilan birga, Krakova iqtisodiyot universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Agnezeska Navroka va Bank ishi kafedrasi mudiri doktor Eva Miklazivska bilan institutimiz va kafedramiz o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha kurslar tashkil etish, shuningdek xalqaro grantlarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

    Bundan tashqari “Xalqaro haftalik” doirasida ishtirok etgan boshqa mamlakatlar institutlari, xususan Janubiy Koreya, Ukraina, Albaniya, Qozog‘iston va Xorvatiya iqtisodiyot universitetlari hamkasblari kelgusida ta’lim grantlari va ilmiy izlanishlar doirasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

 
11:21 / 2019-04-24
Success helper
Success warning